Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Moskva shahrida shaxmat bo‘yicha T.V. Petrosyan xotirasiga bag‘ishlangan XXIX turnir davom etmoqda. Unda o‘smirlar va qizlar “A” va “V” guruhlarida dona surishyapti. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

64 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan “A” guruhida hamyurtimiz maktab o‘quvchilari o‘rtasida 2014-yilgi jahon chempioni Javohir Sindorov (2111) ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazmoqda.

5-tur uchrashuvida Javohir ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng nihoyat yana g‘alaba qozondi. Sindorov qora donalarda o‘ynashiga qaramay, rossiyalik Rudik Makaryan (1812) ustidan zafar quchdi. Kechagi g‘alaba evaziga hamyurtimiz 3 ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘n ikkinchi pog‘onadan joy olgan rossiyalik Nikita Fedotov hisobida ham shuncha ochko bor.

6-tur uchrashuvida Javohir Sindorov o‘zi singari 3 ochkoga ega bo‘lib turgan turkiyalik Ulker Tolga (1793) bilan hisob-kitob qiladi. Javohir oq donalarda harakat qiladi. Turnir jadvalida ikki nafar rossiyalik shaxmatchi – Konstantin Savenkov (2363) va Ivan Yeleskiy (2315) yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilishyapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda