Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik fakultetining 900 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Fakultetning yangi o‘quv binosi qurilishi Rich trade mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan amalga oshirildi. 5 milliard 961 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan binoning atrofi obodonlashtirildi.
Binoning zamonaviy o‘quv xonalari, oshxona va sport zalida talabalarning puxta bilim olishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit mavjud. Ayniqsa, maxsus laboratoriya xonalari Yaponiyada ishlab chiqarilgan “Epson-1420” modelidagi interaktiv videoproyektorlar bilan jihozlangani talabalarning nazariy va amaliy bilimini uyg‘unlashtirish, texnika va texnologiyaning eng so‘nggi yutuqlari bilan muntazam tanishib borishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)