Osiyo Kubogi-2015 mahalliy Tashkiliy Qo‘mitasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi bilan hamkorlikda Sidneyda O‘zbekiston milliy terma jamoasini tantanali ravishda kutib oldi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
6-yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi joylashgan “Shangri-La” mehmonxonasida O‘zbekiston terma jamoasini tantanali ravishda kutib olish marosimi o‘tkazildi. Qayd etish lozim, ushbu marosim chiroyli va o‘ziga hos atmosferada o‘tkazildi. Mazkur marosim taassurotlari O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasiga juda manzur bo‘lganini qayd etish lozim.
Marosim davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Sidneydagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib ularga dastxat ulashdilar.
Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasini “Shangri-La” mehmonxnasida mahalliy aborigenlar qavmi ajoyib va o‘ziga hos raqslar bilan kutib oldi.
Shu kuni O‘zbekiston terma jamoasiga OFK va musobaqa tashkiliy qo‘mitasi tomonidan ajratilgan maxsus avtobus berildi.
Quyida mazkur marosim va O‘zbekiston terma jamoasining Sidneydagi ilk kunidan qiziqarli suratlarni tomosha qilishingiz mumkin:
Jasur Hasanov Sidneydagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga dasthat ulashmoqda.
Bolalar O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashuvdan juda xursand bo‘lishdi.
Ularga dastxat berishdan hech kim erinmadi. Shuhrat Muhammadiyev ham bajonidil bolalarga dastxat ulashdi.
Bolalarning aytishicha, Osiyo Kubogida ular aynan O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishadi.
Mahalliy aborigenlar qavmi.
Avstraliyadagi aborigenlarning milliy raqsi.
Raqsda nafaqat bolalar, balki yoshi katta insonlar ham ishtirok etishdi.
Ko‘rinishidan ancha chaqqonga o‘xshaydilar.
Esdalik uchun umumiy surat.
O‘zbekiston terma jamoasining avtobusi esa aynan shunday ko‘rinishda.
O‘zbekiston terma jamoasini olib yuruvchi avtobus haydovichisi Markning aytishicha, uning muylovi unga faqat omad keltiradi.
Izoh (0)