Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-yanvar kuni Toshkentdagi Beruniy va Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahadagi ishlamay qolgan svetofor o‘rniga “Makro” supermarketi xodimlari yo‘l harakatini boshqarib turdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri ma’lum qildi.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Xabar ostiga izoh qoldirgan boshqa guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, svetofor elektr tokidagi uzilish tufayli ishlamay qolgan va elektr qayta kelgach ham ishlamay turgan. Ushbu hududda joylashgan supermarket avtoturargohi xodimlari esa vaziyatni qo‘lga olib, tez orada tirbandlikni taqatib yuborgan va keyin ham harakatni boshqarib turgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Izoh beruvchilarning aksariyati svetofor vazifasini bajarib turgan supermarket xodimlariga minnatdorchilik izhor qilgan. Shu bilan birga qorong‘u kechada yorug‘lik qaytaruvchi maxsus jiletlar kiyish maqsadga muvofiq bo‘lganini ham ta’kidlashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda