Hindistonning Chennay shahrida shaxmat bo‘yicha 7th Chennai International Open Grandmaster Chess Tournament musobaqasi davom etmoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini Marat Jumayev (2532) himoya qilmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Musobaqaning 9-turida samarqandlik grossmeyster o‘zi singari 6,5 ochkoga ega rossiyalik Mixail Mojarov (2557) bilan bahs olib bordi. Musobaqa reytingida nisbatan pastroq o‘rinlarni egallab turgan Jumayev raqibi bilan durangga imzo chekdi.
Ushbu turdan avval 1-o‘rinda borayotgan Marat Jumayev qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘rinni egallab turibdi. Bugun o‘zbekistonlik sportchi ukrainalik grossmeyster Eldar Gasanovga (2526) qarshi qora donalarda o‘ynaydi. 10-tur oldidan bir yo‘la 7 nafar shaxmatchi 7 ochkodan jamg‘argan.
Izoh (0)