Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Yunnan viloyatida 3-yanvar kuni 600 yil muqaddam qurilgan minora yonib ketdi. Xitoy televideniyesida ma’lum qilinishicha, qurilmaning yuqori qismi butunlay yonib ketgan, deb xabar beradi “Kun.uz” “Vesti.ru”ga tayanib.
Yong‘in davomida hech kim jabr ko‘rmagan. Veyshan atrofida joylashgan, o‘z vaqtida shahar devorining shimoliy darvozasi hisoblangan “Gunchenlou” minorasidagi bu yong‘in Pekin vaqti bilan 14:50 da boshlangan.
Ayni paytda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Min sulolasi (1386—1644-yillar) davrida qad ko‘targan ushbu minoraning balandligi 47 metr edi. Yong‘in oqibatida uning faqat g‘ishtdan qurilgan arkasi bilan 8 metrlik asosigina qoldi.
Izoh (0)