Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i tomonidan e’lon qilingan kompaniya xodimlari o‘rtasidagi Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tanlov yakuniga yetdi.
Tanlovda Korzinka.uz supermarketlari xodimlari tomonidan Yangi yilga bag‘ishlab tayyorlangan ijod namunalari fotosuratlari Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolari e’tiboriga havola etildi. 10-dekabrda boshlangan tanlov 26-dekabrda yakuniga yetdi.
27-dekabr kuni to‘plagan “layk”lar bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan ishlanma e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 330 “layk” yig‘gan Korzinka.uz’ning Integro filiali baliq sotish bo‘limi xodimlari tomonidan muz va baliqdan tayyorlangan qorbobo haykali birinchi o‘rinni egalladi.
Tanlov g‘olibi bo‘lgan supermarket kollektiviga kompaniya hisobidan Yangi yil kechasi o‘tkazib berilishi va 2015-yil 2-yanvarda qo‘shimcha dam olish kuni belgilanishi va’da qilingan.
Izoh (0)