Citigroup bahosiga ko‘ra, Instagram ijtimoiy tarmog‘ining qiymati 35 milliard dollarga yetgan va bu borada Twitter, LinkedIn hamda Yelp ijtimoiy tarmoqlaridan o‘zib ketgan. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Instagram xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘i tomonidan 2012-yilda sotib olingan. Boshida ushbu shartnoma narxi 1 millard dollarga baholangan bo‘lsa, keyinroq bu 715 million dollar ekanligi ma’lum bo‘lgan. Shunday qilib, ikki yil ichida Instagram narxi 49 marta oshgan.
Tahlilchilarning fikricha, Instagram qiymatining oshishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sonining keskin ko‘payishi va reklamadan kelayotgan daromadlar bilan izohlanadi.
Izoh (0)