“Paxtakor” klubi olib borayotgan yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichi Toshkent va Qibrayda davom etmoqda, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Mashg‘ulotlarga Kaxi Maxaradze qo‘shildi. Shuningdek, chernogoriyalik markaziy himoyachi Adnan Oraxovats yig‘inlar davomida sinab ko‘riladi.
U Toshkentga yetib keldi va hozirda mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. Adnan besh mavsum Chernogoriyaning “Buduchnost” klubida o‘ynagan. Ushbu mavsumning birinchi yarmini Serbiyaning “Yedinstvo” klubida o‘tkazgan. Adnanning o‘yini ma’qul kelsa, u bilan shartnoma imzolanadi.
Adnan Oraxovats faoliyati haqida qisqacha ma’lumot:
- Tug‘ilgan sanasi: 05.02.1991
- O‘ynagan jamoalari: “Buduchnost” 2009—2014 (49 o‘yin, 3 gol), “Yedinstvo” 2014 (15 o‘yin).
- Chernogoriya chempioni (2011—12) va kubogi g‘olibi (2012—13).