Shu kunlarda Vengriyaning Dyor shahrida shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Butunjahon yoshlar shaxmat olimpiadasi (World Youth U-16 Chess Olympiad 2014) davom etmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Shaxmat Olimpiadasida 21-raqam ostida tasniflangan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. 15-dekabr kuni o‘zbekistonlik yoshlar o‘zlari kabi bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lib turgan Kanada terma jamoasi bilan hisob-kitob qilishdi va yakunda 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
O‘zbekiston – Kanada - 2:2
Ortiq Nig‘matov (2236) – Razvan Preotu IM (2441) – 0:1
Nodirbek Yoqubboyev (2144) – Jeyson Sao FM (2309) – 1:0
Bahora Abdusattorova WFM (2216) – Richard Vang IM (2363) – 0:1
Nodirbek Abdusattorov FM (2186) – Kyu Jou WFM (2156) – 1:0
Izoh (0)