“Paxtakor” Chempionlar ligasida Saudiya Arabistoni va BAA klublari bilan bir guruhdan o‘rin oldi
Chempionlar ligasining “Paxtakor” joylashgan “B” guruhidagi uchrashuvlar o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda klubning rasmiy sayti.
“Paxtakor” bilan bir guruhdan Saudiya Arabistonining “Al Shabab”, BAAning “Al Ayn” klublari o‘rin oldi. Saralash bahslaridan keyin guruhni Eronning “Naft”, Qatarning “Al Jaish” yoki Ummonning “Al Nahda” klubi to‘ldiradi.
Birinchi tur 24-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda “Paxtakor” Toshkentda saralash bosqichi g‘olibini qabul qiladi. Bir haftadan keyin “Paxtakor” Saudiya Arabistonida “Al Shabab” mehmoni bo‘ladi.
Guruh o‘yinlari taqvimi:
“B” guruhi:
1-tur, 24-fevral
- “Paxtakor” — pley-off g‘olibi-2
- “Al Ayn” — “Al Shabab”
- “Al Shabab” — “Paxtakor”
- Pley-off g‘olibi-2 — “Al Ayn”
- “Paxtakor” — “Al Ayn”
- Pley-off g‘olibi-2 — “Al Shabab”
- “Al Ayn” — “Paxtakor”
- “Al Shabab” — pley-off g‘olibi-2
- Pley-off g‘olibi-2 — “Paxtakor”
- “Al Shabab” — “Al Ayn”
- “Paxtakor” — “Al Shabab”
- “Al Ayn” — pley-off g‘olibi-2
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar