Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 3-dekabr kuni Navoiy viloyatining Navbahor va Nurota tumanlarini tutashtiruvchi “Qoraqarg‘a” tog‘ dovonida, 5-dekabr kuni esa viloyatning Xatirchi va Nurota tumanlarini tutashtiruvchi “Langar” tog‘ dovonida “Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda FVDT kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakati” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Taktik o‘quv mashqini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad aholi xavfsizligini, qish mavsumi davomida “Qoraqarg‘a” va “Langar” tog‘ dovonlarida avtoulovlar qatnovining uzluksizligini ta’minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l transporti hodisalarini oldini olish va bu kabi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etishdir.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

Maxsus taktik o‘quv mashqlari uch bosqichda o‘tkazildi. Xususan, tog‘ dovonlarida harakat xavfsizligini va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha FVDT xizmatlari shaxsiy tarkibi, texnika va asbob anjomlarining noqulay ob-havo sharoitida foydalanishga shayligini ko‘rikdan o‘tkazish, dovonlar orqali avtotransport vositalarining uzluksiz qatnovini ta’minlashga erishish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: mchs.gov.uz

Foto: mchs.gov.uz

O‘quv mashqlari rahbariyati tomonidan mashqlarga jalb etilgan xizmatlar kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari munosib baholandi.

 

 

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropaning qator davlatlari Istanbuldagi konsulligini yopdi. Turkiya to‘qqizta davlat elchisini TIVga chaqirtirdi
Mahalliy
Deputat Jahongir Ziyayev “xalqning ustidan kulayotgani” haqidagi xabar yolg‘on ekanini aytdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi