Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Mazkur loyiha Prezident Islom Karimovning 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Zamonaviy arxitektura talablari asosida barpo etilgan 150 o‘rinli 11-bolalar musiqa va san’at maktabining yangi binosi Sog‘lom bola yilida kegeylilik san’atsevar bolalarga munosib sovg‘a bo‘ldi. Bu yerda o‘g‘il-qizlarning fortepyano, folklor, xalq cholg‘ulari, torli, damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi, estrada, xoreografiya, teatr san’ati sirlarini o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Izoh (0)