27-noyabr kuni Strasburgda Yevropa parlamenti deputatlari Google kompaniyasini qismlarga bo‘lib tashlashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlab ovoz berdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Rezolyutsiya hozircha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lsa ham, ko‘pchilik tahlilchilar ish bu darajaga yetib borishini taxmin qilmagan edi. Rezolyutsiyaga binoan, bozorda monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun Google’ga qidiruv tizimini boshqa tijoriy xizmatlardan ajratish tavsiya qilinadi.
Ushbu ish 2010-yilda Google raqobatchilari qidiruv tizimining yuqori qismlariga o‘z mahsulotlarini chiqarishi haqida ma’lum qilgach boshlangan edi. Biroq Google hozirgacha jiddiy ayblovlardan qochishga muvaffaq bo‘lmoqda. Yevropa Ittifoqining yakuniy qarorini raqobat bo‘yicha komissar Margaret Vestager qabul qilishi kerak. Parlament rezolyutsiyasi tufayli u Google’ga rasmiy ayblov e’lon qilishga majbur bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)