2016-yil bo‘lib o‘tadigan U-22 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatiga Qatar mezbonlik qiladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi.
Bu haqda ayni kunlarda Filippin poytaxti Manila shahrida bo‘lib o‘tayotgan OFK yig‘ilishida qaror qabul qilindi. Ta’kidlash joiz, 2016-yilgi qit’a chempionati mezbonligiga Qatardan tashqari O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Eron mamlakatlari da’vogarlik qilgan edi.
Qatardagi musobaqa OFK taqvimiga ko‘ra 2016-yilning mart oyida o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun, ushbu qit’a chempionati 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarining futbol musobaqasi uchun saralash vazifasini ham o‘tab beradi.
Izoh (0)