Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarning ma’lumotlaridan foydalanish siyosatidagi o‘zgarishga oydinlik kiritdi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Biz alohida foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni reklama beruvchilar va hamkorlarimizga sotmaymiz. Bu tamoyilda hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Biz kimningdir shaxsini aniqlovchi ma’lumotni shu kishining o‘zi alohida ruxsat bermasidan reklama beruvchi va hamkorlarimizga bermaymiz. Reklama samaradorligiga yordam beruvchi xabarlarni shaxsni aniqlovchi ma’lumotlarni oshkor qilmasdan ham taqdim eta olamiz”, − deyiladi Facebook’ning Meduza’ga yozgan javob xatida.
Facebook foydalanuvchilarning ma’lumotlaridan foydalanish siyosatidagi o‘zgartirishlar haqida 13-noyabrdan ogohlantira boshlagan edi. Ikki haftadan keyin bir qator ommaviy axborot vositalarida, jumladan O‘zbekiston nashrlarida Facebook o‘z hamkorlariga shaxsiy ma’lumotlarni foydalanuvchilar ruxsatisiz berishi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)