Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2014-yil 21-noyabr kuni Toshkent shahrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston — Yaponiya seminari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: ccitt.uz

Foto: ccitt.uz

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi hamda Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi o‘rtasida joriy yilning yanvar oyida imzolangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Tadbirda vazirliklar, idoralar va O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan bir qatorda Tokio va Keyo universitetlari, Yaponiya axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Milliy universiteti, Yaponiyaning NEC korporatsiyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Seminarning birinchi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ta’limga bag‘ishlangan qismida tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston va Yaponiyadagi yetakchi OTMlari (xususan, Tokio va Keyo universitetlari)ning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda to‘plagan tajribalari bilan tanishdi.

Tadbirning ikkinchi — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga bag‘ishlangan qismida esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini mukammallashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, tabiiy ofatlar bilan kurashish singari sohalarga joriy etish va boshqa mavzular bo‘yicha tayyorlangan ma’ruzalar tinglandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi ma’lum qilindi 
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vazirining telefon raqamiga kuniga 500 dan ortiq murojaat kelib tushayotgani maʼlum qilindi