Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahridagi “O‘zko‘rgazmasavdo” markazida bog‘dorchilik, polizchilik, asalarichilik va gulchilik sohasidagi Agro Food — 2014 xalqaro ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi, Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, xalqaro tashkilotlar ko‘magida Expocontact mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan tashkil etildi.

Ko‘rgazmada 70 dan ortiq fermer xo‘jaligi, agrofirma, asalarichilik va gulchilik sohasi vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek, xalqaro hamkorlar ishtirok etmoqda.

Ekspozitsiyada meva-sabzavotlarning turli navlari, poliz ekinlari, sitrus mevalar, manzarali o‘simliklar, shuningdek, landshaft dizayni texnologiyalari, zamonaviy issiqxonalar, quyosh yordamida quritadigan moslamalar, organik va mineral o‘g‘itlar, uzumchilik va asalarichilik mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Agro Food — 2014 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Fermer xo‘jaliklari innovatsion ishlanmalarining transferti va ijobiy tajribasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda bog‘dorchilik, sabzavotchilik va asalarichilikda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish masalasi muhokama qilindi. Fermer xo‘jaliklari innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Milliy va xalqaro tashkilotlar vakillari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va eksport qilish borasida taqdimotlar o‘tkazdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi