Edinyo nomi bilan tanilgan Pelening o‘g‘li Edson Sholbi Nasimentu Braziliya hukumati tomonidan hibsga olindi. U noqonuniy pullarni qonuniylashtirishda ayblangan edi. Uning apellyatsiyasi rad etildi. Bu haqda mahalliy OAVga tayangan “Euro-football.ru” saytiga asoslanib, “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Edinyo giyohvand moddalar sotuvidan tushgan pullarni qonuniylashtirishga uringanligi uchun may oyida 33 yil qamoqqa hukm qilingandi, biroq uning advokatlari hukmga norozilik shikoyatini bergandi. Apellyatsiya ko‘rib chiqilayotgan vaqtda ayblanuvchi ozodlikda yurgandi.
Ushbu ish bo‘yicha tekshiruvlar 2005-yilda boshlangan. Edinyo mashhur narko sotuvchilar bilan birga ishlaganlikda ayblangan. Bu ayblovlarni butunlay rad etayotgan Edinyo faqat narkotiklar qabul qilganini tan oldi.
Edinyodan tashqari yana uch shaxs shunday og‘ir jazoga tortildi. Sud ularning barcha boyliklarini, jumladan, 100 ga yaqin avtomobilni musodara qildi.
Izoh (0)