Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya politsiyasi qirolicha Yelizaveta II’ga suiqasd tayyorlayotgan to‘rt nafar ekstremistni qo‘lga oldi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Foto: ABC News

Foto: ABC News

Nashrning xabar berishicha, terrorchilar Yelizaveta II’ni urushlarda va qurolli mojarolarda halok bo‘lgan Britaniya qirollik legioni a’zolari sharafiga o‘tkazilgan festival doirasidagi tadbirda o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Jinoyatchilar qirolichaga Albert-xollda pichoq bilan hujum qilmoqchi bo‘lgan, lekin ularning o‘qotar qurolga ega bo‘lgani ham taxmin qilingan.

Politsiya 19 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar gumondorni bir necha reyd davomida London g‘arbida va Bakingemshir grafligida qo‘lga olgan. Hibsga olinganlar terakt uyushtirmoqchi bo‘lgani haqida Skotlend-Yard hisobotida ma’lum qilingan, biroq ularning qirolichaga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgani to‘g‘risida hech nima deyilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi
Mahalliy
“Suriyada to‘rtta o‘q yedim” — terrorizmda ayblanib, tergov qilinayotgan o‘zbek yigiti pushaymonlari (video)
Mahalliy
“Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi oqibatida mamlakatimizga keladigan suv hajmi kamayishi xavfi mavjud” — Suv xo‘jaligi vazirligi