AQShning Shimoliy Karolina universiteti olimlari inson va it o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni osolashtiruvchi kompyuter qurilmasini o‘ylab topdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Itni ko‘krak va belidan aylantirib bog‘laydigan tasma shaklida ishlangan va turli datchiklar o‘rnatilgan platforma odam itining nima qilayotganini hatto masofadan turib ham bilish imkonini berishi aytilmoqda. Puls va tana harorati yordamida esa itning hissiy jarayonlaridan xabardor bo‘lish mumkinligi ham ma’lum qilingan.
Shuningdek, qurilma yordamida xo‘jayin itga turli buyruqlar ham berishi mumkin. Tizim ixtirochilarining so‘zlariga ko‘ra, uni xizmat itlarini o‘rgatishdan tortib hayvonni uyda tarbiyalashgacha bo‘lgan sohalarda ishlatish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)