Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay amirligi yo‘l-transport boshqarmasi shaxsiy avtomobil o‘rniga jamoat transportidan foydalanishga qaror qilgan shaxslarga umumiy miqdori 4 kilogramm bo‘lgan oltin quymalari va pul mukofotlarini hadya qilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Dubay aholi jon boshiga shaxsiy avtomobillar soni bo‘yicha jahonda yetakchilardan biri hisoblanadi, amirlikning atigi 13 foiz aholisi jamoat transportlaridan foydalanadi. Dubayda aksiya 26-oktabrdan boshlanib, bir hafta davom etishi ko‘zda tutilgan.
1 million dirxamdan ortiq (taxminan 272 ming dollar) oltin quymalari, shuningdek, boshqa syurprizlar lotoreyada o‘ynalishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, stritbol bo‘yicha musobqa o‘tkazilib, g‘olibga 2,7 ming dollar mukofot ajratiladi.
Izoh (0)