Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya Ukrainadan yoki uning hududi orqali har qanday turdagi o‘simlik mahsulotlari olib kelinishi uchun vaqtinchalik cheklov joriy qiladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. Qaror “Rosselxoznadzor” rahbari o‘rinbosari Aleksey Saurin tomonidan qabul qilindi.

Foto: PhotoXpress

Foto: PhotoXpress

“Ukrainadan keltiriladigan o‘simlik mahsulotlari hajmining keskin oshishi, shuningdek ularning o‘ramlarida belgilarning yo‘qligi ushbu mahsulotlar Ukrainadan emas, balki Rossiya javob sanksiyalariga uchragan Yevropa Ittifoqidan keltirilayotgan bo‘lishi mumkinligidan darak beradi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Ukrainadan kirib kelayotgan o‘simlik mahsulotlarida Rossiya uchun karantinli bo‘lgan obyektlar aniqlanmoqda.

Ukraina “Gosvetfitoslujba”si (Davlat veterinar va fitosanitariya xizmati) “Rosselxoznadzor” so‘roviga javob qilmaganligi hamda yuzaga kelgan vaziyatning xavfliligini hisobga olib, Aleksey Saurin Ukrainadan yoki uning hududi orqali har qanday turdagi o‘simlik mahsulotlari olib kelinishini vaqtinchalik taqiqladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri