Indoneziyaning yangi prezidenti Joko Vidodo bugun, 20-oktabr kuni qasamyod qabul qilib, rasman o‘z lavozimiga kirishdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Inauguratsiya marosimi milliy parlament binosida bo‘lib o‘tgan. “Biz tarixning murakkab sinovlariga javob berishimiz lozim va bunga birgalikda ishlash, o‘zaro yordam va qattiq mehnat evazigagina erishishimiz mumkin”, − dedi Jakarta maxsus poytaxt okrugining sobiq gubernatori Vidodo.
2014-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Vidodoga qariyb 71 million saylovchi (53,15 foiz) ovoz berdi. Uning raqibi ushbu natijani Konstitutsiyaviy sudga berdi, sud esa ushbu e’tirozni nojoiz deb topdi.
Biroq Indoneziyaning yettinchi prezidenti eng boshidanoq ko‘plab muammolarga duch kelishi mumkin: uning partiyasi boshchiligidagi koalitsiya mamlakat parlamentida ko‘pchilikni tashkil etmaydi.
Ma’lumot uchun, aholisi soni bo‘yicha Xitoy, Hindiston va AQShdan keyin jahonda to‘rtinchi o‘rinda turadigan Indoneziya yalpi ichki mahsuloti hajmi bo‘yicha sayyoraning o‘ninchi iqtisodiyoti hisoblanadi.
Izoh (0)