“Real” hujumchisi Ronaldu “Manchester Yunayted” ishqizbozlarining Krishtianudan Angliyaga qaytishini so‘rab ko‘targan bannerlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Ispaniya chempionatining 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Vilyarreal” — “Real” (0:2) o‘yini paytida stadion ustidan Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi so‘ralgan banner ilingan samolyot uchib o‘tdi.
“Men bu bannerni ko‘rdim. Bunday e’tibor men uchun yoqimli. Men hamisha aytib kelganman, ‘Manchester’ mening oilam, ammo menga ‘Madrid’ yaxshiroq. ‘Manchester Yunayted’ muxlislari meni yaxshi ko‘rishlaridan xursandman. Demak, men ularda yaxshi taassurot qoldirganman”, — dedi Krishtianu Ronaldu.
Izoh (0)