Iste’dodli yosh xonanda Shahlo Ahmedovaning ijodida katta burilish bo‘lmoqda. Xonanda qo‘shni davlat Qozog‘iston respublikasida o‘tkazilayotgan “Golos” deb nomlangan katta musiqiy televizion loyihada O‘zbekiston respublikasi nomidan ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Popcorn.uz.
Nashrda qayd etilishicha, ayni damda Shahlo teleloyihaning navbatdagi bosqichida qatnashmoqda.
“Hozir tanlovning suratga olish ishlari olib borilmoqda. Mening bu loyihadagi ishtirokim haqida qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, bizni Qozog‘iston respublikasiga bir tadbirga taklif etishgan edi. U yerda, tabiiyki, shou-biznes vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etayotgandi. Ulardan biri menga ‘Golos’ tanlovida qatnashib ko‘rish taklifini bildirdi. Meni o‘zimda ham qiziqish bo‘lganligi uchun bu taklifni qabul qildim va o‘zimni sinab ko‘rdim.
Uch bosqichli tanlov o‘tkazildi, unda 2000 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular orasidan saralab olinganlar esa keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bu yo‘llanma oradan ma’lum bir vaqt o‘tib internet pochta orqali menga ham keldi va men shu yerdaman. Ochig‘ini aytsam, batafsil ma’lumot berolmayman. Sababi, shartnomaga qo‘l qo‘yganmiz va tanlovning o‘z qonun va qoidalari bor”, — dedi Shahlo Ahmedova.
Izoh (0)