Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning o‘tgan davrida 1,3 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Yangi qishloq massivlarida namunaviy loyihalar asosida bunyod etilgan 4486 yakka tartibdagi uy-joy foydalanishga topshirildi, 417,3 kilometr suv ta’minoti tarmoqlari, 74,6 kilometr aylanma va ichki avtomobil yo‘llari, 165,5 kilometr elektr va 149 kilometr gaz ta’minoti tarmoqlari ishga tushirildi.

Joriy yil boshidan buyon jami 5,8 million kvadrat metr (2013-yilning shu davriga nisbatan 113,9 foiz), jumladan, qishloq joylarda 4,4 million kvadrat metr uy-joy (115,9 foiz) foydalanishga topshirildi. 1,7 ming kilometr suv ta’minoti tarmog‘i (jumladan, qishloq joylarda 1,5 ming kilometr) va 289 kilometr gaz tarmoqlari (212,9 kilometr) barpo etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezlik pasaytirilishi kutilmoqda
Mahalliy
“O‘zbekona urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan raqs”. Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalariga chora ko‘rildi (video)
Dunyo
Alla Pugachyova farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etdi