Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov 25-iyul, juma kungi hukumat majlisida Ramazon oyi munosabati bilan 1095 nafar jazoga hukm etilgan Turkmaniston fuqarolari, shuningdek mamlakatda sudlangan to‘qqiz nafar xorij fuqarolarini afv etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Bu haqda ”Noviy vek” xabar berdi.

Foto: noviyvek.uz

Foto: noviyvek.uz

Turkmaniston televideniyesi ma’lum qilishicha, davlat rahbari mamlakat milliy xavfsilik vaziriga barcha afv etilgan shaxslarni turmadan ozod qilish va ular Ramazon hayitigacha uylariga yetib borishini ta’minlashni buyurdi.

Ro‘za oyi munosabati bilan afv etish Turkmanistonda 1999-yildan buyon olib boriladi. O‘sha yili o‘lim jazosi ham bekor qilingan. Ayni paytda bunday aksiyalar mamlakatda davlat bayramlari munosabati bilan yiliga 3—4 marta amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi