Rossiya futbol ittifoqining hakamlik va nazorat departamenti rahbari Valentin Ivanov intervyularidan birida Ravshan Ermatov haqida fikr bildirdi. Intervyu “Sport-ekspress”da e’lon qilindi.
Avval hakam bo‘lgan, JCh — 2014’ning birinchi qismida nazoratchi sifatida qatnashgan Valentin Ivanov Ravshan Ermatovning nima yoki kim tufayli dunyodagi eng yaxshi hakamlardan biriga aylangani haqidagi savolga Ermatovning ishga bo‘lgan munosabati boshqalar uchun namuna bo‘la olishini qayd etdi.
“Sening qayerda — Italiya, Ispaniya, Rossiya yoki O‘zbekistonda tug‘ilishingni farqi yo‘q. Ermatov futbolni, hakamlikni sevadi. 10 yildan ziyod vaqt mobaynida ishini yuqori sifat darajasiga ko‘tarishga intilgan, lekin o‘zi (shaxs sifatida) o‘zgarmagan”, — deydi sobiq hakam Valentin Ivanov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan Ravshan Ermatov “O‘zbekiston futbol federatsiyasi” faxriy nishoni sohibiga aylandi. Bundan tashqari, uning “El-yurt hurmati” ordeni hamda rag‘batlantiruvchi sovg‘a sifatida Malibu avtomobili bilan mukofotlangani haqida xabar qilgan edik.
Izoh (0)