Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh muvaqqat ishlar vakili Filip Kaznet O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi. Tabrik matni AQShning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy saytiga joylandi.

Foto: uzbekistan.usembassy.gov

Foto: uzbekistan.usembassy.gov

“Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi va Toshkentda joylashgan AQSh elchixonasidagi hamkasblarim nomidan O‘zbekistondagi barcha musulmonlarga Ramazon hayiti munosabati bilan eng iliq tilaklarimni yo‘llayman”, — deyiladi tabrik xatida.

“O‘tgan muborak oyda, shukronalik va marhamat onlarida, millionlab amerikalik musulmonlar butun dunyodagi og‘a-inilari va opa-singillari kabi o‘z-o‘zini poklab, duo va xayr-ehsonlar qilishdi”, — deya ta’kidladi AQSh vakili.

Filip Kaznet o‘z qutlov maktubiga yakun yasar ekan, kelgusi yillarda ham barchaga bardavom tinchlik, tuganmas baxt va mustahkam sog‘lik tilab qoldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi