Shu kunlarda “Yondiradi, kuydiradi”, “Men yulduzman”, “O Maryam, Maryam” filmlari ijodkorlari tomonidan yangi “Farhod va Shirin” filmini suratga olish ishlari ketmoqda.
Film prodyuseri Ruslan Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, “Farhod va Shirin” nomli komediyali melodramaning premyerasi 2014-yil oktabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Suratga olish ishlari O‘zbekistonning ikki shahri — Toshkent va Samarqandda bo‘lib o‘tib, 4-avgustda nihoyasiga yetishi ko‘zda tutilgan.
“Farhod va Shirin” filmida asosiy rollarni Lola Yo‘ldosheva va Umid Iskandarov ijro etadi.
Shuningdek, kinofilmda Nargiza Salmonova, Feruza Salmatova, Muyassar Berdiqulova, Barno Qodirova kabi san’atkorlarni ham ko‘rishingiz mumkin.
Film rejissori — Po‘lat Mansurov.
Izoh (0)