Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatidagi Qibray tumanining Do‘rmon posyolkasi bog‘ hududi negizida 32,4 gektar maydonga ega bo‘lgan “Do‘rmon” milliy bog‘i tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori Islom Karimov tomonidan imzolandi.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Do‘rmon posyolkasi bog‘ hududining tabiiy-ekologik, ilmiy, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan noyob, qimmatli o‘simlik navlarini saqlash, ko‘paytirish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida ushbu milliy bog‘ tashkil qilinadi.

“Do‘rmon” milliy bog‘i qo‘riqlanadigan tabiiy hudud toifasiga kiradi, alohida ilmiy, ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan davlat mulki hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi.

Bog‘ hududida undan foydalanish maqsadiga zid bo‘lgan hamda uning o‘simlik obyektlarini saqlashga, ko‘paytirishga va tiklashga xavf soladigan har qanday faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.

“Do‘rmon” milliy bog‘i yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga, shuningdek u yerda sanoat, xo‘jalik obyektlari, uy-joylar va boshqa obyektlar qurilishini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tarkibida, yuridik shaxs tashkil etmasdan, “Do‘rmon” milliy bog‘i direksiyasi tashkil etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar