Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Apple kompaniyasi o‘zining iWatch soatini sentabrda taqdim etadi, deya xabar berdi “ITAR-TASS”.

Foto: itar-tass.com

Foto: itar-tass.com

Qurilma oktabrdayoq sotuvga chiqadi, narxi 199—299 dollar atrofida bo‘ladi.

“Aqlli” soat yordamida foydalanuvchilar o‘z jismoniy ahvolini nazorat qilib borishi, pulsini va qadamlari sonini o‘lchashi mumkin bo‘ladi. Qurilma iOS platformasida ishlaydi va egilgan OLED-ekranga ega.

Avvalroq Apple vitse-prezidenti Eddi Kyu kompaniya bu yil o‘zining so‘nggi 25 yil ichida eng yaxshi gadjetlarini taqdim etishini ma’lum qilgan edi.

Eddi Kyu aynan qanday gadjetlarni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritishga shoshilmadi. Biroq ushbu “eng yaxshi” qurilmalarning dastlabkilari 2-iyun kuniyoq WWDC 2014 anjumani davomida namoyish etilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov