Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ona bo‘lganidan so‘ng yanada shijoat bilan ijod qilishdan charchamayotgan xonanda Ziyoda muxlislari uchun yangiliklar hozirlamoqda, deb xabar beradi Popcorn.uz.

Ziyoda. Foto: uz-world.ru

Ziyoda. Foto: uz-world.ru

Ziyoda Qobilova 2014-yil kuz oylarida o‘zining navbatdagi yakkaxon konsertini taqdim etadi. Konsert “Istiqlol” san’at saroyida ikki kun — 31-oktabr hamda 1-noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ziyoda hozirda yangi tarona tayyorlagan bo‘lib uni tez kunda premyera qilishni mo‘ljallagan. “Parishon” deb nomlangan yangi kompozitsiyaning matni va g‘oyasi Bahodir Nizomovga tegishli. Musiqa hamda aranjirovka esa Umid Obidov tomonidan yaratilgan. Popcorn.uz’ning yozishicha, yangi tarona sokin yo‘nalishda emas, biroq uni raqsbop qo‘shiq ham deb bo‘lmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi