Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Minnesota shtatida bir yashar bola turar-joy binosining 11-qavatidagi balkondan tushib ketib, tirik qoldi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Foto: ilis.ru

Foto: ilis.ru

Bolakay bir necha joyidan lat yegan, qo‘li singan va o‘pkasi yorilgan. Shifoxonada uni o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilib turuvchi uskunaga ulab qo‘yishdi. Shifokorlarning aytishicha, u og‘ir, biroq barqaror ahvolda.

Taxmin qilinishicha, 15 oylik bola oilasi bilan yashaydigan uy balkonidagi panjaralar oralig‘idan o‘tib tushib ketgan

Shifokor Tina Slasher ushbu hodisani mo‘jizaga tenglashtirdi, chunki hatto katta odam ham yetti qavat balandlikdan yiqilganida tirik qolishi amri mahol. Uning fikricha, bolakay o‘zining egiluvchan skeleti hamda tuproq ustidagi yumshoq yuzaga yiqilgani sharofati bilan tirik qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank