Janubiy Koreyaning cho‘kib ketgan “Sevol” kemasi ekipajining to‘rt a’zosiga qasddan qilinmagan qotillik aybi qo‘yildi. Bu haqda gazeta.ru xabar berdi.
Prokurorning tegishli qarori kema kapitani, uning ikki yordamchisi va bosh muhandisga nisbatan chiqarildi. Bunga ularning cho‘kayotgan paromdan yuzlab yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishdan bosh tortgani sabab qilib keltirildi.
“Sevol” paromi 16-aprel kuni Janubiy Koreya qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragan edi. Kema bortida 476 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Bor-yo‘g‘i 172 kishi qutqarilgan. 275 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining jasadlari topilgan, yana 29 kishi hozircha bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilindi.
Izoh (0)