Kongoda futbol musobaqasidagi to‘qnashuvlarda 15 kishi halok bo‘ldi
Kamida 15 kishi Kongo futbol stadionidagi to‘qnashuvlar qurboni bo‘ldi. Yana 20 kishi jarohat oldi. Hodisaga politsiyachilarning quturgan futbol ishqibozlariga qarshi yoshlantiruvchi gaz qo‘llashi natijasida yuzaga kelgan ur-yiqit sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yakshanba kuni Kongo poytaxti Kinshasada mahalliy jamoa Lumumbashi shahri klubi bilan uchrashdi. Maydon egalari 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi, bu ishqibozlar g‘azabiga olib keldi. Ular orasida qolib ketgan to‘rt nafar politsiyachi tribunalarga gaz sepib yubordi, natijada vahima yuzaga keldi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar