Ginnesning Rekordlar kitobi mutaxassislari Yer yuzidagi eng keksa kishini aniqlashdi. Endi ushbu nom asli Rossiya imperiyasidan bo‘lgan, o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab AQShda yashayotgan 111 yoshli Aleksandr Imichga tegishli. Bu haqda epochtimes.ru xabar berdi.
Asil sharifi Imix bo‘lgan qariya hozirgi Polsha hududida tug‘ilgan. Zoologlik bo‘yicha o‘qigan, keyin kimyo bilan shug‘ullangan. Urush yillarida O‘zbekistonda yashab, so‘ng Polshaga qaytib borgan, 50-yillar boshida esa AQShga ko‘chib ketgan.
Imich fevral oyida 111 yoshni qarshi olgan, o‘sha kuni yiqilib tushgan, shundan beri tura olmaydi. Biroq, do‘stlarining aytishicha, ungacha kuch-quvvatga to‘la bo‘lgan. Ayni paytda u kelajak rejalarini tuzmoqda.
Izoh (0)