Kamida 15 kishi Kongo futbol stadionidagi to‘qnashuvlar qurboni bo‘ldi. Yana 20 kishi jarohat oldi. Hodisaga politsiyachilarning quturgan futbol ishqibozlariga qarshi yoshlantiruvchi gaz qo‘llashi natijasida yuzaga kelgan ur-yiqit sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Yakshanba kuni Kongo poytaxti Kinshasada mahalliy jamoa Lumumbashi shahri klubi bilan uchrashdi. Maydon egalari 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi, bu ishqibozlar g‘azabiga olib keldi. Ular orasida qolib ketgan to‘rt nafar politsiyachi tribunalarga gaz sepib yubordi, natijada vahima yuzaga keldi.
Izoh (0)