Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2011-yilda Fransiyaning Dordon departamenti Bosh kengashi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Shahrisabz tuman hokimligi o‘rtasida Madaniy hamkorlik to‘g‘risida Konvensiya imzolangan edi. Konvensiyaga muvofiq, Oqsaroy yodgorligining saqlanib qolgan tarixiy favvoralari o‘rnidagi mozaikalarni konservatsiyalash va muzeylashtirish ishlari olib borildi. 4-may kuni ushbu tadbirning birinchi bosqichi yakunlandi. Oqsaroyning ko‘rku tarovatiga hech ta’sir etmagan holda ana shu mozaikalar qayta tiklanib, shinamgina muzey binosi qad ko‘tardi, deb xabar beradi “Qashqadaryo” gazetasi.

Oqsaroy majmuasi. Foto: panoramio.com

Oqsaroy majmuasi. Foto: panoramio.com

Shu voqea munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimga Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Jak Anri Els, Dordon departamenti vakillari, fransiyalik tadqiqotchi olimlar va mutaxassislardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar mo‘jaz muzeyga tashrif buyurib, undan joy olgan mozaikalar, Fransiyaning shu sohaga ixtisoslashgan mashhur suratkashi Fransua Poshning Oqsaroy mozaikalari tasvirlangan fotosuratlar ko‘rgazmasini tomosha qildi.

— Oqsaroy poyida juda ajoyib, xayrli ish amalga oshirilganini alohida ta’kidlamoqchiman,— dedi marosimda so‘z olgan Fransiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jak Anri Els. — Sohibqiron Amir Temur qurdirgan Oqsaroy hamon xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda qatnashgan va tajribalarini oshirgan o‘zbek mutaxassislari bunday ishlarni keng ko‘lamda davom ettirishlariga ishonaman. Har ikkala mamlakat mutaxassislariga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Dordon departamenti vitse-prezidentining o‘rinbosari Yannek Nadal o‘z so‘zida arxeolog, restavrator va boshqa mutaxassislarning o‘zaro hamkorligi shunday samara berganligidan benihoya xursandligini ta’kidlar ekan, hamkorlik bundan buyon ham izchil davom etishini bildirdi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?