Eng mashhur avtomobil modellarining yillik reytingi BestSellingCarsBlog portalida e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Daewoo Nexia uch mamlakat – Armaniston, Tojikiston va O‘zbekiston hududida eng ko‘p sotilgan avtomobil sifatida e’tirof etilgan, deb xabar beradi Autocentre.ua.
2013-yil ko‘rsatkichlari asosida tuzilgan ushbu reyting har bir modelning muayyan bir mamlakat miqyosida sotilgan miqdoriga asoslangan bo‘lib, avtomashinalarning jahon bo‘yicha sotilish miqdoriga aslo bog‘liq emas. Mutaxassislar umumiy hisobda 160 mamlakatdagi vaziyatni o‘rganib chiqib, ko‘chalarda eng ko‘p uchraydigan 58 ta modelning ro‘yxatini tuzib chiqdi.
An’anaga ko‘ra, yapon brendi hisoblangan Toyota birinchi o‘rinni egalladi. Dunyoda eng ko‘p miqdorda sotilgan avtomobil sifatida Ginnes Rekordlar kitobidan o‘rin olgan Toyota Corolla 14 mamlakat miqyosidagi eng mashhur avtoulov sifatida elon qilindi. Volkswagen Golf modeli esa juda kichik farq bilan keyingi o‘rinni egalladi. U 13 mamlakatda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi. Toyota Land Cruiser esa 6 mamlakat bo‘yicha yetakchilik qilgan.
Izoh (0)