23-aprel kuni “Bunyodkor” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi 6-turi doirasida Qatarning “Al-Jaish” klubi mehmoni bo‘ladi. Bu haqda “Bunyodkor” sayti xabar berdi.
Ushbu uchrashuv har ikkala jamoa uchun ham juda muhim hisoblanadi. Chunki aynan shu ikki klubning biri pley-off yo‘llanmasiga ega chiqadi. Osiyo Chempionlar ligasi reglamentiga ko‘ra, “Bunyodkor”—“Al-Jaish” uchrashuvda qayd etiladigan toshkentliklarning har qanday hisobdagi g‘alabasi “qaldirg‘ochlar”ni keyingi bosqichga olib chiqadi.
Ta’kidlash joiz, Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 6-tur uchrashuvlariga bugun, 22-aprel kuni start beriladi.
Izoh (0)