Beysbolchi Devid Ortis olgan selfi sababli AQSh prezidenti Barak Obama “tasodifan” Galaxy Note 3 smartfoni reklamasi qahramoniga aylanganligi xususida xabar bergan edik. Bu voqeaga AQSh ma’muriyati norozilik bildirdi, deb yozadi The Wall Street Journal nashri.
Xabar berganimizdek, Ortis bu selfini o‘z Twitter-akkauntiga joylashtirgan. Bundan tashqari, surat Samsung kompaniyasining akkauntida ham paydo bo‘lgan. Bular esa selfi atayin reklama uchun olinganligini ko‘rsatib turibdi. Biroq beysbolchining o‘zi buning reklama shartnomasiga kirmasligini ta’kidlamoqda.
AQSh prezidentining matbuot kotibi Jey Karni izohiga ko‘ra, davlat rahbarining fotosuratini tijorat maqsadlarida ishlatish rejasi haqida Oq uyga xabar qilinmaganligi sababli e’tiroz bildirilgan.
Huquqshunoslar suratning mikrobloglar xizmatidan o‘chirib tashlanishi uchun harakat qilishadimi yoki yo‘qmi – bu masalaga Karni aniqlik kiritmagan.
Izoh (0)