Sochida jismoniy tarbiya darsi vaqtida o‘quvchi vafot etdi
Sochida 1-aprel, seshanba kuni jismoniy tarbiya darsi vaqtida gimnaziyaning sakkiz yoshli o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, gimnaziya zalida davom etayotgan jismoniy tarbiya darsi vaqtida o‘quvchi kutilmaganda yiqilgan. Bola hodisa joyidayoq vafot etgan. “Kun” nashrining ma’lum qilishicha, bolaga “tug‘ma yurak xastaligi” tashxisi qo‘yilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Krasnodar bo‘limidan xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda tergovchilar o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvlar o‘tkazishni belgilagan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar