Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik erkak zinadan yiqilib, halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh konsulxona xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy oyning o‘rtalarida Istanbul shahrining Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi, 1971-yil 14-mayda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Rustamov Qahramon Azamovich ish joyida zinadan yiqilib hushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi kasalxona morg bo‘limida bo‘lib, yaqin qarindoshlari yoki tanishlari zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishi so‘raldi.
Izoh (0)