• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropadagi so‘nggi stalinchi: Albaniya eshiklarini tashqi dunyoga butunlay yopgan Anvar Xo‘ja taqdiri

     

    Bundan 116 yil oldin Albaniyani 40 yil davomida boshqargan Anvar Xo‘ja dunyoga kelgandi. Uning qo‘l ostida Albaniya dunyoning eng yopiq va izolyatsiyalangan davlatiga aylandi. Anvar Xo‘ja butkul Stalincha qarashlarga ega bo‘lgani sabab “Sovuq urush” davrida “xalqlar otasi”ning g‘oyalariga xiyonat qilgan SSSR bilan ham, Xitoy bilan ham aloqalarini uzadi. Xo‘ja Albaniyada o‘z kommunizmini rivojlantirishga kirishadi: 1967-yildan boshlab mamlakat aholisiga hashamatli buyumlar, shahar tashqarisidan uylar, shaxsiy avtomobil va hatto magnitofonlar xarid qilish taqiqlanadi. Politologlarning taʼkidlashicha, Xo‘janing radial g‘oyalari va siyosati Albaniyani XX asr oxirida boshlangan global rivojlanish jarayonlarida noqulay ahvolda qoldirgan.

    Anvar Xo‘ja
    Foto: AP Photo

    1908-yil 16-oktyabr kuni Usmonlilar imperiyasi tasarrufida bo‘lgan Girokastra shahrida Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasini vafotiga qadar, yaʼni 1985-yilgacha boshqargan Anvar Xo‘ja dunyoga keladi.

    Xo‘ja matolar bilan savdo qiluvchi musulmon oilada tug‘iladi, litseyda fransuzchani o‘rganadi, keyin esa Fransiyadagi Monpelye universitetiga o‘qishga kirib, u yerda davlat stipendiyasini oladi. Keyinroq yosh alban Fransiya kommunistik partiyasi aʼzosiga aylanadi.

    Anvar Xo‘ja o‘sha yillardayoq Iosif Stalinning faoliyatidan ilhomlanar, Albaniya kommunistlari uning g‘oyalari bo‘yicha ish ko‘rishlari kerak deb hisoblardi. 1938-yilda Fransiya Kommunistik partiyasi alban seksiyasi yetakchilarining topshirig‘i bilan Xo‘ja SSSRga yuboriladi va aprel oyida u ilk bor Stalin bilan uchrashadi. Mazkur uchrashuv uning hayotida tub burilish yasaydi.

    Anvar Xo‘ja faol fuqaro bo‘libgina qolmay, 1939-yilda fashistlar Italiyasi Albaniyaga bostirib kirganida kommunistik harakat yetakchilaridan biriga aylanadi va Yugoslaviya kommunistlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bosqinchilar qo‘shini Albaniyani tark etgach 1944-yilda Anvar Xo‘ja bosh vazir va bir vaqtning o‘zida tashqi ishlar vaziri etib tayinlanadi.

    Albaniya yetakchisi Anvar Xo‘ja
    Foto: AFP

    1940-yillar davomida u SSSRga bir necha bor tashrif buyurib, Stalin bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Moskva Tiranani faol qo‘llab-quvvatlar va Bolqon davlatiga mutaxassislarni (muhandislar, o‘qituvchilar, shifokorlar) yuborardi, shuningdek, oziq-ovqat, asbob-uskunalar, mashinalar, dori vositalari ortilgan paroxodlar ham mamlakatga tinmay kelib turardi. Urushdan keyin Albaniyani qayta tiklashga oid besh yillik reja Sovet Ittifoqi Davlat rejasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. 1947-yilda SSSRga navbatdagi tashrifi davomida Iosif Stalin Anvar Xo‘jani Suvorov ordeni bilan mukofotlaydi.

    O‘ta ketgan stalinchi

    Yugoslaviya kommunistlari marshal Tito qo‘l ostida SSSR bilan ziddiyatga bora boshlagach, 1948-yilda Anvar Xo‘ja bilan bilan munosabatlarini uzadi. U Titoni Yugoslaviya Bolqon yarimorolidagi boshqa kommunistik davlatlar ustidan hukmronlik o‘rnatishga urinayotganida ayblaydi. “Titovchilarga” qarshi kurash bahonasida Xo‘ja 1948-yildan 1951-yilga qadar o‘zining siyosiy raqiblari orasida keng ko‘lamli tozalash ishlarini olib boradi.

    1953-yilda alban yetakchisining homiysi bo‘lgan Iosif Stalin vafot etadi. 1956-yilda esa Moskvada Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasining XX syezdi o‘tkaziladi va unda sovetlarning yangi yetakchisi Nikita Xrushchyov Stalin shaxsiyatiga ilk tanqidlarni bildiradi. Tarixchilarining aytishicha, bu SSSR va kommunistik Albaniya o‘rtasidagi munosabatlarning sezilarli darajaga yomonlashuviga olib kelgan.

    Iosif Stalin va Anvar Xo‘ja
    Foto: Wikipedia

    Natijada, Albaniya yetakchisi o‘zining ichki siyosatiga qattiq tura boshlaydi. U mamlakat ichida alban kommunistlarga qarshi yangi “tozalash” ishlarini boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida Anvar Xo‘janing Albaniyada yakka hokimlik pozitsiyasini yanada mustahkamlaydi.

    Xo‘ja mamlakat qishloq xo‘jaligida sanoatlashtirish va kollektivizatsiyani amalga oshiradi, shu bilan birga o‘z shaxsiga sig‘inishni yo‘lga qo‘yadi — Albaniyada uning sharafiga korxonalar, ko‘chalar va hatto tog‘ cho‘qqilari nomlanadi. U marksizm-leninizm va Iosif Stalin g‘oyalariga ergashmagan boshqa kommunistik davlatlarni keskin tanqid qilar, bir vaqtning o‘zida Albaniyada kommunizmni xo‘jaizmga aylantirib borardi.

    Bu esa Tirana va Moskva o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi. Nikita Xrushchyov 1959-yilda munosabatlarni yaxshilash ilinjida Albaniyaga tashrif buyuradi, ammo bu ishni uddalay olmaydi. SSSRda destalinizatsiyaning yangi bog‘ini sifatida Xrushchyov Albaniya bosh vazirini qonunsizlik va kommunistlar orasida ommaviy repressiyani amalga oshirayotganlikda ayblaydi. 1961-yilda Anvar Xo‘ja Sovet Ittifoqi bilan diplomatik aloqalarni uzadi, oradan yetti yil o‘tgach esa Albaniyani Varshava shartnomasidan chiqaradi (bu vaqtda Tirana bir necha yildan beri blokning sammitlari va tadbirlariga chaqirilmay qo‘ygandi).

    Butkul izolyatsiya

    Albaniya SSSR bilan munosabatlari sovuqlashgan Xitoy bilan aloqalar o‘rnatishga kirishadi. Endilikda alban iqtisodiyotini Xitoy yordamni qo‘llab-quvvatlardi. Ammo 1976-yilda Xitoy yetakchisi Mao Szedun vafot etadi. Natijada Albaniya va Xitoy munosabatlari yuqoridagi yo‘ldan yana bir bor o‘tadi: Anvar Xo‘ja “buyuk boquvchisi”ning siyosiy merosxo‘rlarini xoinlikda ayblaydi va 1978-yilda Pekin bilan aloqalarini to‘xtatadi.

    Tirana markazi
    Foto: Getty Images

    G‘arbga butkul yopilgan va barcha bloklar bilan aloqalarini uzgan Anvar Xo‘ja Albaniyani butun dunyodan to‘liq izolyatsiyalaydi. Xo‘ja mamlakatda ateistik davlat qurish haqidagi rejalarini aytganida, agressiv diniy kampaniya boshlanadi. Hokimiyat mamlakatdagi masjidlar, provaslav va katoliklar cherkovlarini buzishga kirishadi.

    Bundan tashqari, 1970-yillar boshida Albaniyada Xo‘janing loyihasi asosida NATO, Yugoslaviya yoki SSSRdan himoyalanish maqsadida keng ko‘lamli mudofaa inshootlari quriladi. Mamlakat hududida 700 mingdan ortiq bunker va o‘t ochish nuqtalari tashkil etiladi.

    1980-yillar boshiga kelib Xo‘janing sog‘lig‘i birdan yomonlashadi, mamlakatning yuqori doiralarida esa navbatdagi tozalash amalga oshiriladi. Oradan bir yil o‘tgach, Xo‘janing uzoq yillik sherigi va mamlakatdagi ikkinchi shaxs — bosh vazir Mehmet Shoh nomaʼlum sabablarga ko‘ra vafot etadi. U alban yetakchisini bir necha bor mamlakatni izolyatsiyadan olib chiqib, boshqa davlatlar bilan munosabatlarini tiklashga chaqirgan edi.

    Albaniyada qurilgan bunkerlar
    Foto: AP Photo

    Rasmiy versiyaga ko‘ra, u Yugoslaviya foydasiga josuslikda ayblangani uchun o‘z joniga qasd qilgan. Ammo ayrim manbalarning taʼkidlashicha, u Albaniya mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi yig‘ilishida otib tashlangan.

    Anvar Xo‘ja infarkt va insultni boshidan o‘tkazsa-da, rasman Albaniya yetakchisiligicha qolib kelayotgandi. U 1985-yil 11-aprelda miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etadi. O‘limidan keyin kommunistlar Albaniyani yana besh yil davomida boshqaradi.

    1990-yil boshida mamlakatda bir partiyali tizim bekor qilinadi, hokimiyat tepasiga kelgan demokrat kuchlar esa qayta qurishni boshlab yuboradi. Anvar Xo‘jaga atab o‘rnatilgan haykallar buzib tashlanadi, Tiranadagi muzey esa yopiladi, sobiq yetakchining qoldiqlari Millat qahramonlari memorial qabristonidan poytaxt chetidagi oddiy qabristonga ko‘chiriladi.

    Anvar Xo‘janing qabri
    Foto: Getty Images
    14.04.2024, 19:05   Izoh (0)   12262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Stalin — o‘limi SSSRni o‘zgartirib yuborgan shaxs

    05.03.2024, 21:55

    Ayzek Azimov — robotlar olamini yaratgan kelajak bashoratchisi va OIV qurboniga aylangan yozuvchi taqdiri

    06.04.2024, 17:01

    Kosmosda birinchi, hamshiraga tegajog‘lik va rahbariyat bilan ziddiyat. Gagarinning parvozdan keyingi hayoti

    12.04.2024, 13:35

    Turkiya harbiylari Suriya shimolida 3 nafar terrorchini yo‘q qildi

    14.04.2024, 18:32

    Iordaniya, Iroq va Livan hukumatlari Eron hujumlari yakunlanishi ortidan havo hududini qayta ochdi

    14.04.2024, 17:23

    Eron Isroil hujumlarga javob qaytarsa, mamlakat kattaroq hujumga duchor bo‘lishidan ogohlantirdi

    14.04.2024, 16:12
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.