• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda nogironligi bor bolalarga ijtimoiy transport xizmati ko‘rsatiladi

    O‘zbekistonda 2025-yilda nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish maqsadida ijtimoiy transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining “Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida”gi 132-sonli qarori qabul qilindi.

    Qaror bilan, ushbu xizmatni 2025-yil 1-apreldan Toshkent, Andijon va Samarqand shaharlarida pilot loyiha sifatida, 2025-yilning yakuniga qadar esa respublikaning boshqa hududlarida bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.

    Loyiha doirasida transport xizmatlari:

    • ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari, shu jumladan, ushbu muassasalardagi “G‘amxo‘rlik” guruhlarida,
    • umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflarida;
    • reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchi ko‘rish va harakatlanish bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan bolalarga ko‘rsatiladi.

    Xizmatdan foydalanganlik uchun to‘lov va subsidiya tizimi ham joriy etilmoqda. Xususan:

    • har bir yo‘lovchiga bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,2 baravaridan oshmaydigan miqdorda;
    • Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yo‘lovchilar uchun har bir qatnov to‘lovining 100 foizi;
    • yuqorida ko‘rsatilgan reyestrlarga kiritilmagan oilalardagi yo‘lovchilar uchun har bir qatnov to‘lovining 60 foizi subsidiya shaklida qoplanadi.

    Subsidiya shaklidagi to‘lovlarni agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

    Loyiha doirasida xizmat tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun agentlik tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” AT da elektron shaklda yuritiladigan Transport xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestri shakllantiriladi. Transport xizmatidan foydalanish bo‘yicha buyurtmalar reyestrdagi tadbirkorlik subyektlarining mobil ilovalari orqali beriladi. Transport xizmatining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini agentlik huzuridagi  “Axborot texnologiyalari markazi” Call-markazi tomonidan monitoring qilinadi.

    Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq yo‘lovchilarni ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatidan foydalanuvchilar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha murojaat qilishning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etiladi va ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqilishining tashkiliy-boshqaruv imkoniyatini yaratiladi.

    Agentlik “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasi amalga oshirilishi haqida 2024-yilning mart oyida ma’lum qilgandi. 2024-yilning noyabrida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasi Toshkent shahrida ishga tushgandi.

    “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida, 2025-yil 1-oktyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

    “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra 2026-yil 1-yanvargacha nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishi uchun respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi to‘siqlarsiz muhit yaratilgan obyektlarni aniqlash imkonini beruvchi “Interaktiv xarita” axborot tizimi ishga tushiriladi.

    4 mart, 09:03   Izoh (0)   1234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahri va Navoiy viloyatida nogironlikni belgilashning yangi tartibi eksperiment tariqasida ishga tushiriladi

    17.07.2024, 10:10

    O‘zbekistonda ayrim ko‘chalar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtiriladi 

    19.07.2024, 16:40

    O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratiladi 

    09.09.2024, 14:31

    Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

    21.11.2024, 12:20

    2025-yil yanvaridan nogironligi bo‘lgan ishchilar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi

    13.12.2024, 13:15

    O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

    5 fevral, 10:20
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UzAutoMotors Cobalt Midnight qimmat narxda sotilayotganini rad etdi

    O‘zbekiston | 23 may, 12:43

    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

    Reklama | 23 may, 12:00

    Isroilda G‘azodagi “qirg‘in”ni qoralagan deputat majlisdan olib ketildi (video)

    Dunyo | 23 may, 12:27

    Mashhur filmlardagi hammaning e’tiboridan chetda qolgan qo‘pol xatolar

    Kino | 23 may, 12:06

    Lamin Yamal “Barselona”da eng ko‘p maosh oluvchi 3-futbolchiga aylanadi

    Sport | 23 may, 11:55

    Rossiyada migrant ayollar uchun bepul tug‘uruqni taqiqlash taklif qilindi

    Dunyo | 23 may, 11:35

    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

    Reklama | 23 may, 10:30

    “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida xavfsizlik uchun huquq-tartibot xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi

    O‘zbekiston | 23 may, 11:16

    Temur Kapadze: “Kengaytirilgan ro‘yxatimizda 50 nafarga yaqin futbolchi bor”

    Sport | 23 may, 11:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.