Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 26-aprel, juma kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi.
Keskin kurashlarga boy boshlangan birinchi bo‘limning oxirida o‘zbekistonliklar hisobni ochdi. Husayn Norchayev ajoyib harakatlar amalga oshirib, darvozani ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston futbolchilari yaxshi harakat qildi. 70-daqiqada esa Saudiya futbolchisi Ayman Yahyo qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda saudiyaliklar bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur bo‘ldi. 84-daqiqada esa Umarali Rahmonaliyev hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Shu tariqa Timur Kapadze shogirdlari 2:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi va keyingi bosqich masalasini hal qildi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yarim finalda Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 29-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.
U-23 Osiyo Kubogi
Chorak final
26-aprel, juma
O‘zbekiston U-23 – Saudiya Arabistoni U-23 2:0
Gollar: 1:0 — 45+2 Norchayev, 2:0 — 84 Rahmonaliyev.
O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 10. Jasurbek Jaloliddinov, 14. Abbosbek Fayzullayev, 17. Diyor Xolmatov, 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 20. Ruslanbek Jiyanov, 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Saudiya Arabistoni U-23: 2. Muhammad Vahib Alshamat, 4. Rayan Muhammad Hamid, 6. Eid Almuvallad, 8. Faysal Al Gamdi, 9. Abdulloh Radif, 11. Ahmad Al Gamdi, 12. Zakaria Havsavi, 17. Xaytam Muhammad Asiri, 19. Meshal Ibyani Hayrulloh, 22. Muhammad Salim Alabsi, 23. Ayman Yahyo.
Izoh (0)