• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    Migratsiya agentligi fuqarolarni litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalardan ogohlantirdi.

    Foto: Sputnik

    Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-apreldagi 252-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish faoliyati bilan Migratsiya agentligi shug‘ullanadi. Shuningdek, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, faqat Migratsiya agentligi tomonidan litsenziya berilgan xususiy bandlik agentliklari ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.

    Migratsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarda “ba’zi bir ishbilarmonlar”ning ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlar orqali konsalting yoki axborot xizmati niqobi ostida fuqarolardan pul yig‘ib xizmat ko‘rsatmagani hamda litsenziyasiz xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan. Ushbu jamiyatlarga nisbatan  quyidagi ta’sir choralari qo‘llanilgan:

    • Worldvisa MCHJda 2025-yil 9-aprelda tekshiruv o‘tkazilgan va 11-aprelda 112,5 million so‘m jarima qo‘llanilib, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
    • Everyone Consult MCHJda 9-aprelda tekshiruv o‘tkazilgan, 11-aprelda 112,5 million so‘m jarima qo‘llanilgan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
    • Adworld Group MCHJda 24-aprelda tekshiruv o‘tkazilgan, 28-aprelda 112,5 million so‘m jarima qo‘llanilgan, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
    • Rich Result MCHJda 15-mayda tekshiruv o‘tkazilgan, 21-mayda 112,5 million so‘m jarima qo‘llanilgan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
    • Ravon Consult Group MCHJ xususiy bandlik agentligida 15-mayda tekshiruv o‘tkazilgan, 26-mayda 112,5 million so‘m jarima qo‘llanilgan, Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo ariza kiritilgan.

    “Litsenziyasiz tashkilotlar orqali xorijda ishga joylashishga urinish moliyaviy va huquqiy xavf-xatarga duchor bo‘lishiga olib keladi. Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda”, deya ogohlikka chaqirdi Migratsiya agentligi va rasmiy ro‘yxatdagi agentliklar bilan hamkorlik qilishga chaqirdi.

    “Har qanday shartnomani imzolashdan oldin uni sinchiklab o‘qib chiqing. Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang”, deyiladi agentlik xabarida.

    Yuqoridagi firmalardan biri — Adworld Group xorijga ishga joylash vaʼdasi bilan odamlarni chuv tushirgani haqida avgust oyi boshlarida xabar qilingandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu MCHJ ijtimoiy tarmoqlarda Chernogoriya, Serbiya, Angliya, Litva, Norvegiya, Ummon va Yaponiya kabi davlatlardagi ish o‘rinlarini reklama qilgan. Fuqarolarga konsalting bahonasida, aslida xorijda ishga joylashtirish xizmatlarini taklif etgan. Mazkur faoliyat “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda, litsenziyasiz amalga oshirilgan.

    Ushbu kompaniyaning noqonuniy faoliyatini ayrim ko‘p sonli kuzatuvchilarga ega bo‘lgan blogerlar ham ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilgan. Blogerlar orqali berilgan noto‘g‘ri reklama odamlarda ishonch uyg‘otib, ko‘plab fuqarolar kompaniya xizmatlaridan foydalanish uchun pul to‘lashga rozi bo‘lgan va oqibatda aldanib qolgan. 

    Raqobat qo‘mitasi 22-avgust kuni ushbu MCHJni reklama qilgan ikki bloger — @iwash_tashkent sahifasini yurituvchi  O.Jo‘rayev va @abdurahmonmufid sahifasini yurituvchi A.Abdurahmonov sudga berilganini e’lon qildi. 

    24 avgust, 10:12   Izoh (0)   1488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    26 avgust, 20:10

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda ushlangan 11 ta “valyutchik” qamaldi

    O‘zbekiston | 27 avgust, 00:10

    Farg‘onada ona-bola giyohfurushlar qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:55

    Suriya prezidenti o‘zini ISHIDning asosiy qurboni deb atadi

    Dunyo | 26 avgust, 23:40

    Toshkent viloyatida xotinini tosh bilan urib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:31

    Banklarda muammoli kreditlar ulushi bir yilda 1,7 trln so‘mga ko‘paydi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:30

    Turkiya transport vaziri 225 km/soat tezlikda mashina haydagani uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 22:55

    Xiaomi ovozli boshqaruvga ega “aqlli” suv isitgichni taqdim etdi

    Dunyo | 26 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.