• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zelenskiy Istanbulda faqat Putin bilan uchrashadi — Ukraina prezidenti ofisi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan tinchlik muzokaralarida faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Rossiyaning boshqa hech bir vakili bilan muzokaralar bo‘lmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

    Foto:
     Kollaj: The Times

    Podolyakdan agar Rossiya prezidenti muzokaralarga kelmasa, Zelenskiy qanday yo‘l tutishi haqida so‘raldi. Bunga javoban siyosatchi Ukraina quyi darajadagi muzokaralarni foydasiz deb hisoblashini aytdi.

    Biz Rossiyadagi hokimiyat tuzilishini tushunamiz. Medinskiy u yoqda tursin, hatto Lavrov ham Putinning g‘oyasi bo‘lgan u yoki bu qarorlarni qabul qilish vakolatiga ega emas. Ya’ni urushni davom ettirish yoki to‘xtatish haqida faqat Putin qaror qabul qilishi mumkin, dedi Podolyak.

    U Istanbuldagi muzokaralar jarayonining tuzilishi aniq ekanini ma’lum qildi.

    Ukraina va Rossiya tomonidan qaror qabul qiladigan odam bor. Boshqa hamma narsa — natijasiz rasmiy ishtirok. Uchrashuvni quyi darajada o‘tkazishdan ma’no nima?, dedi Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi.

    Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar

    2022-yilda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan beri tomonlar uni hal qilishga bir necha bor urinib ko‘rdi. Muzokaralarning dastlabki uch raundi Belarusda — 28-fevral kuni Gomelda, 3 va 7-mart kunlari Brestda bo‘lib o‘tdi, biroq asosiy masalalar bo‘yicha kelishib bo‘lmadi.

    2022-yil 10-mart kuni Antaliyadagi Dipforum doirasida Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, biroq u oldinga siljish olib kelmadi.

    29-mart kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yanada ahamiyatli bo‘ldi. Unda Ukraina delegatsiyasi Rossiya tomoniga ehtimoliy kelishuv loyihasi va kafolat beruvchi davlatlar ro‘yxatini taqdim etdi. Biroq 17-may kuni Ukraina muzokaralarni rasman to‘xtatdi. 4-oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qila olmaslik to‘g‘risidagi MXX qarorini imzoladi.

    Diplomatik boshi berk ko‘chaga kirib qolganiga qaramay, 2022-yil 22-iyul kuni Istanbulda BMT va Turkiya vositachiligida Qora dengiz don tashabbusi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    18-mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Putin o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng Rossiya tomoni energetika infratuzilmasiga zarbalardan o‘zaro voz kechish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, ertasi kuni prezident Zelenskiy xuddi shunday choralarga rozilik berdi.

    2025-yil 11-mayga o‘tar kechasi prezident Putin bayonot berib, Istanbulda Ukraina bilan oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchrashuvni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

    Tramp rossiyalik hamkasbining Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash taklifini qo‘llab-quvvatladi. Zelenskiy esa 15-may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etishini tasdiqladi.

     

    13 may, 14:30   Izoh (0)   1586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tinchlik muzokaralari#Ukrainadagi urush#Putin#Zelenskiy#Podolyak

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Keto, interval ochlik, intuitiv ovqatlanish: qaysi biri tezroq ozishga yordam beradi?

    Maslahatlar | 15 may, 08:00

    Xonanda Madonna hayoti haqida serial suratga olinadi

    Kino | 15 may, 07:45

    Mavritaniyaning sobiq prezidenti 15 yilga qamaldi

    Dunyo | 15 may, 07:10

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.